Navro‘z yangilanish, yasharish bayrami

27.03.2016, 15:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 432

2016-yil 25-mart kuni soat 15-00da institut faollar zalida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Navro‘z yangilanish, yasharish bayrami” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda institut qoshida tashkil etilgan teatr-studiyasi a’zolari, QVZ jamoalari, iqtidorli talabalar va o‘zbek estradasi xonandalari Farxod va Shirinlarning ishtiroki ta’minlandi. Institutda o‘zining o‘qishi, ta’lim-tarbiyasi, jamoa ishlarida faolligi uchun 16 nafar talabalar institut rektori tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Talabalar o‘zlarining sahnaviy ko‘rinishlari, badiiy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari, lapar va aytishuvlari bilan ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida o‘zbek estradasi xonandalari Farxod va Shirin tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Tadbirda 250 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

2016_107      2016_108

2016_110      2016_109