Navro’z bayramiga munosib tayyorgarlik.

18.03.2018, 15:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 257

Umumxalq hashari munosabati bilan institut hovlisida, o’quv binolari, talabalar turar joylarida obodonlashtirish-ko’kalamzorlashtirish, tozalash ishlari olib borilmoqda. Hasharda professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan o’quv honalari tozalanib eshik va derazalar artildi. Institut hovlisi supirildi, daraxtlarga shakl berildi va oqlandi. Chiqindilar chiqarib tashlandi. Umumxalq hashari institutimizda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.