Navro‘z bayrami munosabati bilan sumalak sayli o‘tkazildi

24.03.2017, 12:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 668

Sumalak sayli azaldan xalqimizga xos qadriyat bo‘lib institutda bir necha yillardan beri mazkur tadbir o‘tkazib kelinmoqda. Sumalak sayli (bazmi) asosan ikki qismdan: sumalak tayyorlash va sumalakxo‘rlikdan iborat bo‘lgan. Sumalakni asosan ayollar tayyorlashgan. Sumalak tayyorlashning o‘ziga xos marosim tadbiri vujudga kelgan. Ular qozon atrofida suhbat qurishgan, hikoyalar, ertaklar, rivoyatlar va latifalar aytishgan. Taom tayyor bo‘lgach, sumalak sayli boshlangan. Sumalak sayli ishtirokchilari childirma (doira) chalib raqsga tushishgan, qo‘shiqlar aytib xursandchilik qilishgan.Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan.

     

     

Sumalak tayyorlanadigan joyga qo‘ni-qo‘shnilar bir hovuchdan un olib kelishgan, birgalikda taom pishirishgan, bir qozonda tayyorlangan ovqatni hamma baham ko‘rgan. Shu an’analarni davom ettirgan holda institut hududida 22-23 mart kuni sumalak tayyorlanib, institut barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalariga ulashildi. Sumalak tayyorlanishida talablarning o‘zlarini ishtirok etishlari ularni hamjihatlik va birdamlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

     

     

Tadbir davomida kafedra o‘qituvchi va talabalartomonidan har bir viloyatni urf-odatlari, an’analari kuy-qo‘shiqlari, raqslari, laparlari ijro etildi.Tadbir ishtirokchilarining chiqishlari hay’at a’zolari tomonidan baholanib borildi.Unda milliylikni a’lo darajada ifodalagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati talabalarining chiqishlari alohida ta’kidlandi.Tadbirning qolgan barcha ishtirokchi jamoalari (13 nafar) institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon, “Nihol” mukofoti sovrindori Shohruhxon  o‘zining kuy- qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etishdi.Tadbir barchada katta tassurot qoldirdi.