Narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashish bag’ishlangan uchrashuv

20.02.2016, 10:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 413

Narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashish va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishining oldini olish choralari

“O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 3-, 64- va 68-bandlari ijrosini ta’minlash hamda institut talabalarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand moddalarini iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida 2016 yil 16 fevral kuni soat 14-00 da  institut talabalari o‘rtasida   “Narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashish”, “YOshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishining oldini olish choralari” kabi mavzularda tadbir tashkil etildi. Tadbir Toshkent shahar IIBB TB, Mirobod tuman IIB hamda institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultetlar, “Murabbiylar” kengashi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB Korrupsiya, tovlamachilik va o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tergovchisi Alimuxamedov Dilmurod Maxmudjanovich, Mirobod tumani IIB voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktika bo‘limi katta inspektori, mayor Zaynutdinov Samariddin Baxriddinovich, Mirobod tumani IIB voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktika bo‘limi xodimi, kapitan Ermatov Xusan Melisovich va institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etdi. Tadbirda  jami 250 nafar professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar jalb etildi.

Giyoh-qarshi-kecha1