Mustaqillik uchun jon fido qilganlar xotirasi doimo yodimizda

27.08.2016, 12:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 423

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 18 avgustdagi 87-03-2447-sonli xati ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan istiqlol yillarida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xarbiylar xonadonlariga tashrif uyushtirildi. Xalqimiz orasida milliy  qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda Vatanimizning bugungi musaffo va yorug‘ kunlarga etib kelishda o‘zining misilsiz jangovor mehnat-u, jasoratlarini namoyon etgan va xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning xonadoniga Mustaqillik bayrami arafasida tashrif buyurish, ular holidan xabar olish institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilib kelindi. Bu kabi xayrli ishlarni amalga oshirish nafaqat Mustaqillik bayrami arafasida balki, institut rahbariyati tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilib kelinadi. Shu an’anani davom ettirgan holda 2016 yil 25 avgust kuni soat 11-00da institut rahbariyatiga biriktirilgan Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xonadoniga tashrif uyushtiridi. Unda institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi hamda jamoat tashkilotlari – kasaba uyushma qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YOIH faollari ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan kichik serjant Xodjanov Boris Isangalievich  va kapitan Ibragimov Farhod Asrorovichning oilalariga tashrif uyushtirildi va ularning olib borgan ishlari, jangovarlik mahoratlari, tinchlikni, osoyishtalikni saqlash yo‘lidagi olib borgan jasoratlari yodga olindi. Institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan oilalarga estalik sovg‘alari topshirildi.

2016-348     2016-349

2016-350     2016-351