“Mustaqillik eng oliy baxt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

05.09.2017, 18:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 123

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoiying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu g‘oyadan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlanib, institut  futbol maydonida 2017-yil 4-sentyabr kuni soat 09-00 da professor-o‘qituvchilar va  talabalari o‘rtasida “Mustaqillik eng oliy baxt”, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori X.K.Djalilov, barcha rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va 1-kurs talabalari ishtirok etdi. Tadbir jarayonida institut rektori X.K.Djalilov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomovlar so‘zga chiqib mavzu yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Shuningdek, institut odob-axloq qoidalari, talabalarning darslarga o‘z vaqtida ishtirok etishi hamda huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga institut rahbarlari tomonidan javob berildi.