“Mustaqillik asoschisi”

30.01.2017, 14:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 492

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 yanvardagi majlisining 3-sonli bayoniga muvofiq, institutda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi  Islom Abdug‘anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, buyuk davlat va siyosat arbobi tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini munosib nishonlash maqsadida, 2017 yil 30 yanvar kuni fakultetlarda, akademik guruhlarida  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarga institutning rahbar xodimlari, malakali professor-o‘qituvchilari, faxriy o‘qituvchilar, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda “Kamolot” YOIH BT etakchilari keng jalb etildi. Ular tomonidan  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning hayoti, faoliyati hamda boy merosi targ‘ib etildi hamda mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik ishlari, inshoatlar va olib borilgan amaliy ishlar xususida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, tadbirlarni institut ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjaevalar kirish so‘zi bilan ochib berishdi va o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirlar jarayonida  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi  Islom Abdug‘anievich Karimovning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan ham targ‘ibot ishlari olib borildi.

IMG_5834     IMG_5878

Institut akademik guruhlarida tashkil etilgan tadbirlarda ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Milliy g‘oya ilmiy-amaliy markazi tayyorlagan materiallar asosida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ibratli hayot yo‘li va boy merosi haqida talabalar o‘rtasida turkum ma’ruzalar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlarda jami 1000 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

Institut axborot-resurs markazida Islom Karimov asarlari ko‘rgazmalari tashkil etildi va asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar va dasturiy fikrlarning jamiyat hayotidagi amaliy ifodasi hamda mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risida ham talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

IMG_5852     IMG_5911

IMG_5888     IMG_5886

Toshkent farmatsevtika instituti

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

                                                                                                                                               Ashurova Nigora Xayitovna