“Moodle elektron ta’lim tizimidan foydalanish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi

20.02.2017, 10:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 649

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim tizimiga o‘quv-uslubiy majmualarni kiritishni tashkillashtirish to‘g‘risida”gi  526-son buyrug‘ining 4-bandi ijrosi yuzasidan Moodle elektron ta’lim tizimiga o‘quv-uslubiy majmualarni joylashtirish, ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha hududlar kesimida o‘quv-seminar joriy yilning 23 yanvaridan 28 fevraligacha tegishlicha, har bir oliy ta’lim muassasiga muvofiq o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra Toshkent farmatsevtika institutida Moodle elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘quv seminar 17.02.2017 kuni soat 11-00 da institut  Axborot texnologiyalari markazi kompyuter xonasida o‘tkazildi.

Barcha kafedralardan AKTga mas’ul (yoki Moodle elektron ta’lim tizimi bo‘yicha malakaga ega bo‘lgan) xodimlardan 20 nafari ishtirok etishdi.

     

Seminarda institut professor-o’qituvchilari Moodle elektron ta’lim tizimida Elektron o‘quv kursini yaratish, “Ma’ruza”, “Kitob”, “Fayl” (taqdimot, pdf  hujjatlar, video, audio va boshqa fayllar) kurs elementlaridan foydalanish, shu bilan birgalikda “Seminar”, “Topshiriq”, “Glossariy”, “Test” kurs elementlaridan foydalanish va MS Word hujjatidan testlarni import qilish, ro‘yhatdan o‘tish, o‘quv kurslariga yozilish, baholar va hisobot elementlaridan foydalanish kabi mavzular bo’yicha malakalarga ega bo’lishdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Elektron ta’lim joriy etish markazi mutaxassislari N.A.Baltabayev va N.B. Abulovlar ishtirok etdib, amaliy mashg’ulotlar olib borishdi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar. Sohaga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tartiblar to‘g‘risida bilimlarini boyitdilar.

Seminar turli baxs va munozaralarga boy o‘tdi.