«Milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni»

09.04.2015, 14:11 Institut yangiliklari 441

Yoshlarni har jihatdan sog‘lom, barkamol qilib tarbiyalash, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yanada yuksaltirish, ongi va dunyoqarashini milliy qadriyatlarimizga yot unsurlardan himoyalash hamda talabalarini milliy urf-odatlar, qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, internet tarmoqlari tomonidan bo‘layotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish maqsadida, joriy yilning 7-aprel kuni soat 14-30 da institut faollar zalida “Milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”, “Yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlashda oilaning o‘rni” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent Islom universiteti katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov, institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, kafedra mudirlari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 200 nafarni tashkil qildi.