«“Milliy armiyamiz – g‘ururimiz, iftixorimiz”, “Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi”»

12.01.2015, 16:06 Institut yangiliklari 365

2015-yil 12-yanvar kuni Mirobod tumanidagi 71186-sonli harbiy qismda  Mirobod tuman hokimiyati, Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati tashabbusi bilan “Milliy armiyamiz – g‘ururimiz, iftixorimiz”, “Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Mirobod tuman ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari N.Shokirxo‘jayeva, Toshkent farmatsevtika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, Mirobod tuman hokimiyati, “Mirobod” mahalla raisi K.Abduraxmonovlar so‘zga chiqib mavzu yuzasidan ma’ruza qildi hamda barcha harbiylarni bayram bilan muborakbod etdilar. Shuningdek, bayram munosabati bilan bir guruh harbiy soha mutaxassislari Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bayram munosabati bilan kuy-qo‘shiqlar, hujjatli filmlar namoyish etildi. Jami ishtirokchilar soni 400 nafarni tashkil qildi.