Men OIV profilaktikasi tarafdoriman!

17.11.2016, 16:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 487

 

Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida 2016 yil 16 noyabr kuni soat 12-00 da “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi 26-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz sog‘lom turmush tarzi tanlaymiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti, Mirobod tumani markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Tadbirni sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani H.Ilhomov olib bordi. Tadbirda SPID kasalligi va uni profilaktikasi, hozirgi kunda tarqalishi ehtimoli bo‘lgan gripp kabi kasalliklar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdilar.Tadbirda 10 nafar pofessor-o‘qituvchilar va 220 nafar talabalar ishtirok etdilar.

IMG_1311     IMG_1319

IMG_1352     IMG_1327