“Mavsumiy kasallardan: allergiyaning kelib chiqish oillari va davolash choralari”

03.04.2018, 10:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 170

2018-yil 31-mart kuni institut ma’naviyat va ma’rifat markazida soat: 13-30 da talabalar o‘rtasida tibbiy bilim va madaniyatlarini oshirish va erta turmush qurishning oldini olish hamda turli kasalliklar to‘g‘risidagi bilim va malakalarini oshirish maqsadida “Mavsumiy kasallardan: allergiyaning kelib chiqish oillari va davolash choralari”, “Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ayollarning o‘rni” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika allergolog shifokori Muxsimov Farxod Munisovich, TKP STTSH bo‘yicha hamshira Elaxunova Gulnoza Odiljonovna hamda institut professor-o‘qituvchilari, talabalarining ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida soha mutaxassisi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi hamda oilada sog‘lom turmushni qaror toptirish, bu borada ayollarning o‘rni, erta nikohning oldini olish xususida to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda jami 56 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.