Bizga tinchlik kerak, omonlik kerak! shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

14.05.2016, 10:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 548

Toshkent farmatsevtika instituti faollar zalida 2016-yil 13-may kuni soat 12-30 da “Bizga tinchlik kerak, omonlik kerak!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Hozirgi kunda chet mamlakatlarda bo‘layotgan tartibsizliklar, fuqarolar urushi bo‘layotgan bir paytda tinch-osuda mamlakatimizda o‘qib, oldinga maqsadlar qo‘yib yashayotganligimiz haqida to‘xtalib o‘tdi.  Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.M.Yuldasheva “Barchamizga tinchlik kerak, omonlik kerak” mavzusida ma’ruza qilib, hozirgi kunning qadriga yetish, vatanparvarlik haqida gapirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida “Tinchlik – eng aziz ne’mat!” nomli videofilm namoyish etildi. Tadbirga institut kafedralari o‘qituvchilari, talabalar jalb etildi. Jami 250 nafar ishtirokchilar qamrab olindi.

2016-307     2016-310

2016-308     2016-309

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi