Ko‘z kasalliklari va ularning oldini olish choralari

16.09.2016, 15:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 375

 

Institut talabalarining tibbiy savodxonligini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida 2016 yil 15 sentyabr kuni institut “Ibn Sino salomatlik maskani”da “Ko‘z kasalliklari va ularning oldini olish choralari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. tadbirga Toshkent shahar Salomatlik va tibbiy statistika markazi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘lim boshlig‘i M.A.Norqulova, Mirobod tumani Tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasi ko‘z shifokori Yu.V.Degay  ishtirok etdi. Ular o‘z targ‘ibotida bugungi kunda yoshlarimiz tomonidan foydalanilib kelayotgan axborot texnikasining inson salomatligiga ayniqsa ko‘zga ta’siri xususida to‘xtalib o‘tdilar. Suhbat jarayonida ko‘rgazmali vositalaridan keng foydalanildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.