“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini o‘rganamiz

15.10.2017, 12:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 108

     

     

2017- yil 14-oktyabr kuni soat 14-00 da faol   lar zalida professor-o‘qituvchilar va  talabalar o‘rtasida  “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.15

Tadbirni institut ilmiy ishlari prorektori R.T.Tulyaganov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbir xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda Toshkent yuridik universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, professor Z.N.Esonova, Toshkent yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi R.S.Altiyevlar ishtirok etishdi.

Professor Z.N.Esonova o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2752-sonli Qarorining mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berib o‘tdi. Korrupsiyaga qarshi ku­rashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari sifatida Bosh prokuratura, Milliy xavf­­sizlik xizmati, Ichki ish­lar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratu­ra­ huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi ku­rashish departamenti belgilangan. Shu bilan birga­, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat­ni qonun hujjatlariga muvo­fiq boshqa davlat organla­ri ham amalga oshirishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Toshkent yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi R.S.Altiyev o‘z ma’ruzasida “Ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish” xususida ma’lumot berib o‘tdi. Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat korrupsiyadir. O‘zbekiston Respublikasi­ning Birinchi Prezidenti­ Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.

Tadbirda sanoat farmatsiyasi fakultetining   220 nafar  talabalari ishtirok etishdi.