Koreya – O‘zbekiston hamkorlik yo‘lida.

29.04.2017, 12:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 445

2017 yil 28 aprel kuni Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi talim tizimida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Koreyaning bir qator oliy talim  muassasalaridan tashrif buyurgan vakillari bilan “Koreya-O‘zbekiston hamkorlik yo‘lida” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    

Tadbirni Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazining direktori Kim Bo SU ochib berdi. So‘ng Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi  Kvong Yong U  so‘zga chiqdi va ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy –iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishda o‘zaro ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim tizimi borasida tajriba almashinuvi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Uning ta’kidlashicha O‘zbekistondan Koreyaga ta’lim olishga kelayotgan talabalar miqdori yil sayin ortib bormoqda va hozirda O‘zbekistonlik talabalar miqdori bo‘yicha 7-o‘rinni egallab kelmoqda. Bundan tashqari tadbirga Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi vakili,  Xalqaro ta’limni rivojlantirish milliy institutning direktori Son Gi Dong va boshqalar qatnashishdi. Koreyadan jami 20 ta Oliy ta’lim muassasalaridan vakillar tashrif buyurishdi.

    

Ushbu uchrashuvda institutimiz o’quv ishlar bo‘yicha prorektori, farmatsevtika fanlari nomzodi Aliyev Sarvar Ubaydullayevich, xalqaro bo‘lim boshlig‘i, Farmatsevtika fanlari doktori Ubaydullayeva Zebiniso Alisherovna ham faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida Koreyaning bir qator universitetlari bilan tanishildi va kelajakda yaqindan aloqa qilish uchun zamin yaratildi.