Kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida.

24.10.2017, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 268

    

     

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-martdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 23-oktyabr kuni soat 1400 da institut Axborot – resurs markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir ARM xodimlari va tillar kafedrasi o‘qituvchilari, Mirobod tumani Temiryo‘lchilar mahalla faollari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirni  Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z ma’ruzasida ma’naviyatni anglash, o‘zlikni anglashda Respublika Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”asari hamda mustaqillik yillarida ma’naviy sohada erishilgan yutuqlarni “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”asaridan parchalar keltirib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish dolzarbligi  haqida gapirib o‘tdi. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Y.Saidova “Kitob – hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir” mavzuida gapirib, badiiy adabiyotning tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati, milliy urf-odatlarni yoshlar ongiga singdirishda muhim vosita ekanligini ta’kidladi. Institut 2-kurs magistranti Jaloliddinova Muattar zamonamiz yozuvchisi Obiddin Maxmudovning “Farzadnoma kitobi” haqida taqdimot qilib berdi. Mazkur asarni qadimiy pandnoma, nasihatnoma kabi asarlarga o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi. Taqdimot davomida ushbu asardan parchalarni o‘qib eshittirdi. M.Jaloliddinova yozuvchi Obiddin Maxmudovning “Farzadnoma kitobi” audiodiskini institut ARMga sovg‘a qildi. ARM kutubxonachisi D.D.Abdullaeva “Kitob – hayot ko‘zgusi” mavzusida  ma’ruza qilib mashhur yozuvchi O‘.Xoshimovning asarlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”  asari xususida to‘xtalib o‘tdi. Kitob davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvlarida so‘zlagan nutq va ma’ruzalarini qamrab olgan. Shuningdek, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning davlatimiz mustaqillikka erishish yo‘lidagi mashaqqatli va dadil faoliyati, olib borgan izchil va puxta siyosati, yurtimiz va jahon tarixida munosib tarixiy o‘rin qoldirganligi hamda mustaqilligimiz asoschisi boshlab bergan bosqichma-bosqich rivojlanish, porloq istiqbolga erishish yo‘lidan borib, bir tanu bir jon bo‘lib, O‘zbekistonimizni taraqqiy etgan va farovon davlatga aylantirish – ustuvor vazifamiz ekanligi to‘g‘risidagi fikr va g‘oyalar jamlangan, deb kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Institut “Murabbiylar” kengashiraisi M.Xodjayeva kitobni qadriga etishga, badiiy asarlarni inson dunyoqarashini kengaytirishiga turli misollar keltirdi.

Tadbir so‘ngida  talabalar  so‘zga chiqib, mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda sanoat farmatsiyasi fakulteti 1 kurs  35 nafar talabalari ishtirok etdi.