«KITOB – MO‘’JIZAGA CHORLAYDI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

26.10.2017, 15:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 279

     

2017-yil 25-oktyabr  kuni soat: 14-00da Toshkent farmatsevtika instituti axborot – resurs markazining katta o‘quv zalida DVST kafedrasi va institut  Xotin – qizlar qo‘mitasi hamkorligida 21-oktyabr – “O‘zbek tili davlat tili” maqomi berilganligi munosabati bilan hamda talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida «Kitob – mo‘‘jizaga chorlaydi mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir jarayonida institutning bir guruh talaba – yoshlari o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi. Talabalar o‘z chiqishlarida Navoiy, Bedil, Mashrab va boshqa mumtoz adabiyot vakillari ijod namunalaridan parchalar keltirib, she’rlaridan bahramand etishdi. Shuningdek, mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida viktorina o‘yinlari o‘tkazildi.

Xotin – qizlar qo‘mitasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mutasaddi S.Yuldasheva tomonidan “Yoshlar ma’naviyatini boyitishda adabiyot va san’atning o‘rni” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Tadbir davomida axborot resurs markazi faoliyatidan unumli foydalangan hamda bo‘sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o‘tkazgan talabalar aniqlandi. Shunga ko‘ra, institut axborot-resurs markazida joriy yilning sentyabr va oktyabr oylari davomida faol ishtirok etib, ko‘plab o‘zbek va jahaon adabiyotlari durdona asarlari bahramand bo‘lgan talaba sifatida sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-kurs talabasi O‘lmasov Baxtiyor davraga taklif etildi va unga DVST kafedrasi mudiri V.R.Xaydarov tomonidan esdalik sovg‘alari, badiiy kitoblar, o‘quv qurollarini taqdim etildi.

Institut axborot resurs markazining badiiy adabiyotlar bazasiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut BT etakchisi O‘.J.Yunusov tomonidan O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” deb nomlangan kitobi taqdim etildi. Tadbir yakunida institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi  M.Y.Saidova so‘zga chiqib, talabalarni kitob bilan xamnafas bo‘lishga chorlab o‘z tilaklarini bildirdi. “Orasta qizlar”  to‘garagi a’zolari talaba- qizlar o‘rtasida turli badiiy kitoblar tahlili yuzasidan suhbat o‘tkazishdi. Mazkur tadbirda jami 40 nafar professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.