«Kitob ko‘rgazma yarmarkasi»

17.02.2015, 08:12 Institut yangiliklari 407

2015-yil 5 fevraldan – 14 fevralgacha institut hududida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ta’sischiligidagi “Yangi asr avlodi” nashriyot matbaa markazi tomonidan “Kitob ko‘rgazma yarmarkasi” tashkil qilindi. Yamarkada o‘zbek mumtoz adabiyoti, badiiy adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid, siyosiy-ijtimoiy sohaga hamda mashhur xorij yozuvchilari tomonidan yozilgan roman, qissa va hikoyalari va o‘zbek shoirlarining adabiyotlari, kitoblari namoyish etildi.