Kimyo (umumkasbiy) fani bo‘yicha olimpiadaning 2016 yil respublika bosqichi yakunlandi

13.05.2016, 10:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 288

Kimyo (umumkasbiy) fani bo‘yicha olimpiadaning ikkinchi Respublika turi nihoyasiga etdi; 2016 yil 12 mayda Toshkent farmatsevtika institutining faollar zalida mazkur olimpiada yakuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Olimpiada qat’iy tartib asosida yakdillik va uyushqoqlik bilan hech qanday muammosiz yakunlandi. Olimpiada boshlanish arafasida “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash” gazetasining 2016 yil 6 maydagi “Kimyo fani bo‘yicha bilimlar bellashuvi” nomli maqola e’lon qilindi. Unda yana bir bor olimpiada shartlari, qay tarzda o‘tishi eslatib o‘tildi.

Olimpiadani o‘tkazish tashkiliy komissiyasi, hakamlar hay’ati, mandat va adolat komissiyasi a’zolari sidqidillik bilan halol va adolatli mehnat qilishdi. Olimpiada haqiqiy bilimlar bahsi bo‘ldi, unda iqtidorli, zukko, bilimli talabalar maydonga tushishdi va kimyo fani bilimlari bilan musobaqalashishdi. Talabalar qaysi o‘rinni egallashlaridan qat’iy nazar, ularni olimpiadaning to‘rtta turida (test savollariga javob, nazariy va masalalardan berilgan savolni echish, shuningdek, laboratoriya ishini bajarish) ishtirok etishi katta voqea va jasorat bo‘ldi. Ularning qariyib barchasi to‘rtala turda ham faol ishtirok etib, bemalol bahslashib, o‘zlarining erkin fikrlashlarini, bilimlarini hamda iqtidorlarini namoyish etishdi.

2016-269     2016-274

2016-273     2016-275

Bu yilgi olimpiadada Respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridagi olimpiadaning 1-bosqichida g‘olib chiqqan 35 nafar talaba va ularning ustozlari ishtirok etishdi.

Olimpiada nizomiga ko‘ra maksimal 400 balldan musobaqada eng yuqori ball olgan uch nafar talaba:

 1-o’rin Fazliev Sunnatullo;

 2-o’rin Hamroev To‘xtamurod;

 3-o’rin Bekpo‘latov Shoxruh  o‘rin sohiblari bo‘lishdi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Qolgan barcha talabalar va ularning ustozlari olimpiadada faol ishtirok etganliklari uchun fahriy yorliqlar olishdi.

2016-272     2016-271

2016-270     2016-276

Yana shuni ta’kidlash lozimki, olimpiadaga tashrif buyurgan ustozlar ham vaqtni bekor o‘tkazmaslik uchun Toshkent farmatsevtika instituti kimyogar olimlari bilan o‘quv jarayonlari va ilm-fan sohasiga oid masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi; chunonchi, ayrim ustozlar bilan ilm-fan sohasida hamkorlik rishtalari o‘rnatildi. Ayniqsa, xorij darsliklari va o‘quv adabiyotlaridan foydalanib dars o‘tish bo‘yicha o‘tkazilgan suhbatlar, fikr almashinuvlar nihoyatda samarali bo‘ldi.

Olimpiada nihoyasiga etdi. Ammo, uning natijalari joylarda hali atroflicha tahlil qilinadi, zarur xulosalar chiqariladi.

S.N. Aminov

O‘zbekiston fan arbobi,

kimyo fanlari doktori, professor.