“Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?”

03.03.2016, 15:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 373

“Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbiri

      2016-yil 1-mart kuni Toshkent farmatsevtika instituti faollar zalida “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mirobod tuman hokimligi hamda Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda Ma’naviyat targ‘ibotchisi, O‘zbekiston jahon tillar universiteti dotsenti D.Muitov, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktyori Tolib Mo‘minov, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktyori F.Botirov, Mirobod tumani Ma’naviyat targ‘ibot markazi bosh mutaxassisi Y.M.G‘offorov, estrada xonandalari Umarjon Shamsiyev, Umidaxon Xojiyevalar hamda institut rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

        Tadbir jarayonida soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan ma’ruzalar talabalar o‘rtasida iliq kutib olindi. Ayniqsa, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktyori Tolib Mo‘minov tomonidan vatanparvarlik mavzulariga oid aytilgan  she’rlar barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

        Ma’naviyat targ‘ibotchisi, O‘zbekiston jahon tillar universiteti dotsenti D.Muitov tomonidan o‘qilgan ma’ruzada talabalar o‘rtasida shukuronalik tuyg‘ularining yanada shakllanishiga, mana shu yurt uchun fidoiy, jonkuyar, kelajagi uchun qayg‘uruvchi insonlar bo‘lib kamol topish singari tuyg‘ularning shakllanishiga erishildi. Estrada xonandalari Umarjon Shamsiyev, Umidaxon Xojiyevalar tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirning yanada fayzli va qiziqarli  o‘tishiga olib keldi.

         Bu kabi tadbirlar talabalar o‘rtasida yanada ko‘proq olib borilishi va tadbirlarga nafaqat soha mutaxassislari, balki taniqli yozuvchi, shoir, aktyor va xonandalarning jalb etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada hamkor tashkilotlarning yaqindan ko‘mak berishlari natijasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning sifat darajasi yanada yaxshilanadi.

        Tadbir natijasida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va ular qalbidan chuqur joy olganligi xususida ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek,  O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktyori Tolib Mo‘minov tomonidan aytilgan she’rlarning muallifini topish va mana shu she’rlarni yod olishlari zarurligini talabalar tomonidan aytilganligi juda quvonarlidir. Tadbir natijasida talabalar o‘rtasida vatanparvarlik va shukuronalik tuyg‘ularining shakllanishiga erishildi.

           2016_2         2016_3