«Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak? » mavzusidagi maqolalar tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi

12.04.2016, 08:21 Tadbirlar 436

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining 2016-yil 14-yanvardagi 9-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “2016-yil  O‘zbekiston Respublikasi aholisini zamonaviy axborot texnologiyalari hamda Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatilayotgan axborot va mafkuraviy hurujlardan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi”ning to‘rtinchi yo‘nalish, 34-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 24-fevraldagi 79-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent farmatsevtika institutida 2016-yil 11-aprel kuni talabalar o‘rtasida “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning fakultet bosqichi 2016-yil mart oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazilgan. Ushbu tanlov institut bosqichi bo‘lib, g‘olib bo‘lgan talabalar hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. tanlovning asosiy maqsadi – mamlakatimiz erishgan yutuqlarning tub mohiyatiga etib boradigan, bugungi hayotni kechagi hayot bilan solishtira oladigan, bugungi hayotning qadriga etadigan, yurtimizdagi mislsiz o‘zgarishlarni o‘z hayoti, oilasi, qishlog‘i, instituti, ishxonasi misolida ko‘radigan, o‘tgan kunlar bilan bugungi kunning farqi hamda afzalliklari to‘g‘risida tashviqot yurgiza oladigan, shuningdek, institutda talabalarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, talabalarni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Tanlov Nizom talablari bo‘yicha o‘tkazildi va talabalar tomonidan taqdim etilgan maqolalarning dolzarbligi, sifatiga hamda ilmiy salohiyatiga jiddiy e’tibor qaratildi.  Tanlovning fakultet bosqichi 2016-yil mart oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazildi. Unda 67 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Institut bosqichiga eng sara maqolalar olib chiqildi. Institut bosqichida jami 18  nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi.

O‘rin

t/r

Talabaning F.I.SH. Fakulteti, kursi va guruhi Bali
“Eng yaxshi maqola” yo‘nalishi 
1 1-o‘rin Fazliyev Sunnatullo Aloviddinovich Farmatsiya fakulteti

2-kurs 6/1-guruh talabasi

60 ball
2 2-o‘rin Rajabova Dilnoza Xalimovna Farmatsiya fakulteti

3-kurs 1/2-guruh talabasi

54 ball
3 3-o‘rin Abdunazarov Yoqub Ibragimovich Farmatsiya fakulteti

3-kurs 1/1-guruh talabasi

49 ball