Kasb ta’limi 4-kurs talabalari pedagogik amaliyotda.

10.03.2018, 17:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 264

Ijtimoiy fanlar kafedrasida Farmatsiya fakulteti kasb ta’lim yo‘nalishi 2/1 guruh talabalari Olmazor tibbiyot kollejida pedagogik amaliyot olib bormoqda. Amaliyot davomida talabalar ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmuni bilan tanishib, ma’sul fan o‘qituvchilarining olib borayotgan mashg‘ulotlarini tashrif buyurmoqda. Darslarni kuzatish, ularni tahlil qilish, fikr va mulohazalarini kundalik daftarda qayd etib kelinmoqda.

    

     

Kasb ta’lim yo‘nalishi talabalari To‘raeva Sadoqat va Abdug‘aniev Ozod tomonidan  joriy yil 1-mart kuni Farmakognoziya fanidan “Terpenoid saqlovchi dorivor o‘simliklar(arpabodiyon, ukrop, kashnich)” mavzusi yuzasidan 2-kurs 215-guruh bilan ochiq nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida “Zanjir”, “Domino”,  “Elpig‘ich”, “T-sxema”usullari qo‘llanildi. Kollej o‘quvchilari darsga qiziqish bilan faol qatnashdilar. Dars olib borgan  4-kurs talabalari o‘z oldilariga qo‘ygan ilmiy, uslubiy, tarbiyaviy maqsadlariga erishdilar. Mazkur darslar tahlilini o‘tkazgan kollej o‘qituvchilari R.O‘.Ahmedova, D.Komiljonova, M.Siddiqxodjayeva, G.Kuryazova, N.Abdurahmonova, N.Yul’barsovalar talabalarni o‘z maqsadlariga erishganliklarini e’tirof etdilar. Mazkur ishlar nazariy va amaliy birligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Talablarning amaliyotlari haftada bir marta o‘quv yili oxirigacha davom etadi.