Kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Ismailov Kamoliddin Qurultoyevich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kasaba uyushmasi raisi, kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tel.:

(0 371) 256-06-54

Veb-sayt:

Toshkent farmasevtika instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati

Toshkent farmasevtika instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi 1937 yil institut tashkil etilgan kundan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kasaba uyushmaning birinchi raisi dotsent Rahimov Ali Usmonovichdir. Keyingi yillarda uyushmaga dotsent A.Yu.Ibodov, dotsent Z.N.Nazirov, dotsent P.P.Tolok, dotsent S.G.Chernomorenko, dotsent K.S.Tillaev, professor M.N.Maxsumov, professor L.T. Ikromov, dotsent O.V.Bondarenko, dotsent M.X.Nurmuxamedova, dotsent Z.N. Osmonov, dotsent A.M.Komilov, A.Q.G‘anievlar rahbarlik qilib kelganlar. 2013 yil 18 yanvardan boshlab institut kasaba uyushmasiga ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent K.K.Ismailov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kasaba uyushma qo‘mitasi 11 ta a’zodan iborat bo‘lib, institut bilan birgalikda ma’muriyat va xodimlar orasida mehnat munosabatlari va mehnat bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi asosida olib bormoqda.

Kasaba uyushma qo‘mitasi quyidagi ishlarni amalga oshirib kelmoqda:

  • amaldagi qonunlarga muvofiq institut xodimlarining manfaatlarini himoya qilish;
  • mehnat intizomini mustahkamlashga ko‘maklashish;
  • texnika xavfsizligi hamda sport – sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
  • talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish;
  • ishchi-xodimlarning dam olishlari va davolanishlari uchun dam olish maskanlariga imtiyozli yo‘llanmalar tashkil etish va x.k.
  • Kasaba uyushma qo‘mitasi institut ma’muriyati bilan quyidagi masalalarga oid hujjatlarni ko‘rib chiqib, muhokama etadi va qabul qilishga o‘z fikrini bildiradi:
  • mehnat sharoitlarini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini kelishilgan holda yaxshilash;
  • institut xodimlarining ish bilan band bo‘lishi hamda ular uchun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanishi;
  • ishchi-xodimlar va talabalarni rag‘batlantirish va mukofotlash;
  • institut vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy boshqa muammolari bo‘yicha birgalikda kelishilgan qarorlar qabul qilish;
  • institutning «Chimyon» dam olish maskanida xodimlar va talabalarni madaniy dam olishini ta’minlash;
  • viloyatlardan kelib o‘qiyotgan talabalarga imtiyozli ovqatlanishlari uchun sharoitlar yaratish;
  • xodimlar va ularning 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga sport- sog‘lomlashtirish lagerlarida dam olishlari uchun imtiyozli yo‘llanmalar berish.

Kasaba uyushma qo‘mitasining tarkibiga saylangan har bir xodim asosiy ishdan ozod qilinmagan holda ish olib boradi.

Kasaba uyushmasi raisi institutning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan barcha ijtimoiy imtiyozlarni, hamda asosiy ish haqiga qo‘shimcha ravishda belgilangan ustamalarning berilishida ishtirok etadi.

Toshkent farmasevtika instituti

kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarining vazifalar

T A Q S I M O T I

  • Ismailov K.K., ijtimoiy fanlar kafedrasining mudiri, i.f.n. – kasaba uyushmasining raisi;
  • Yuldashev Z.A., toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi professori – kasaba uyushmasi raisining o‘rinbosari;
  • Tureeva G.M., DTT kafedrasi dotsenti – madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul;
  • Xikmatova X.D., Hisob-kitob (buxgalteriya) bo‘limining buxgalteri – kasaba uyushma qo‘mitasining gaznachisi, kotiba;
  • Zokirova N.T. kafedrasi assistenti – jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul;
  • Matyusupova Sh., tillar kafedrasi o‘qituvchisi – ijtimoiy sug‘urta ishlari bo‘yicha mas’ul;
  • Rajapov A.J., Sanoat farmatsiya fakulteti dekanining muovini – tashkiliy ishlar va talabalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha mas’ul;
  • Komilov S. farmatsiya yo‘nalishi 5 kurs talabasi – tashkiliy ishlar va talabalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha mas’ul, kasaba uyushma qo‘mitasida yoshlar qanotini raxbari;
  • Voxidov T. farmatsiyasi yo‘nalishi 5 kurs talabasi – madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul;

      

      

      

19.09.2018, 12:39 3970