Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati

kamolot

Yunusov O'ktamjon Jabbaraliyevich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Boshlang'ich tashkilot yetakchisi

Qabul vaqti:

Har kuni (8:30-16:00)

Tel.:

(0 371) 256-14-10

Veb-sayt:

“KAMOLOT”  YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI.

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi 2001-yil 25 aprelda, harakatning Toshkent shahar Kengashi 2001 yil 7 mayda, harakatning Mirobod tumani Kengashi 2001 yil 14 mayda, harakatning Toshkent farmatsevtika instituti boshlang‘ich tashkiloti Kengashi 2001yil 22 may kuni institut ta’sis qaroriga asoson tashkil topgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan tuzilgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (YIH)ning boshlangich tashkilotining institutimizda olib borayotgan ishlari tahsinga sazovordir. 2001 yil “Kamolot” YIH tuzilgandan so‘ng dastlabki oylardayoq yoshlarni birlashtirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Toshkent farmatsevtika instituti YIH boshlang‘ich tashkiloti YIH Nizomi doirasida tashkil etilgan va Markaziy Kengash Fahriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.

Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari:

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi – Toshkent farmatsevtika institutida yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy, ma’rifiy va intellektual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir. Toshkent farmatsevtika instituti “Kamolot”YIH boshlang‘ich tashkiloti dastlab tashkil topgan kundan etiboran YIH Nizomi va Dasturi asosida namunali ish yuritib kelmoqda. 2002yil yakunlari bo‘yicha Respublikada “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovida 1-o‘rinni egallagan. SHuningdek, 2011 yil natijalari bo‘yicha ham boshlang‘ich tashkilot yana bir bor “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Hozirgi kunda ham bu yutuqlarni davom ettirib kelmoqda.

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-mustqil fikrlaydigan,o‘zining hayotiy pozitsiyasi vaqat’iy e’tiqodiga ega,jamiyatda munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish va yangilash jarayonlarida halqiluvchi  kuch va tayanch bo‘lishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, ularning siyosiy-huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish;

-Toshkent farmatsevtika institutida yoshlarni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga dahldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;

-yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan hamda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida chetdan kirib kelayotgan tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;

-talaba-yoshlarning Huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z kasbini etuk mutaxassisi bo‘lishga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash;

-iste’dodli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

-yoshlarda sog‘lomturmushtarzi,ekologikmadaniyatnishakllantirish,ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish va boshqalar.

Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasi  tarkibiga quyidagilar kiradi:

-a’zolarning Umumiy (hisobot-saylov) yig‘ilishi;

-boshlang‘ich tashkilot Kengashi;

-boshlang‘ich tashkilot yo‘nalishlari;

-boshlang‘ich tashkilotning fakultetlardagi tuzilmalari;

-boshlang‘ich tashkilotning Toshkent farmatsevtika instituti mehnat jamoasidagi tuzilmasi;

-boshlang‘ich tashkilotning talabalar turar joyidagi tuzilmasi;

-boshlang‘ich tashkilotning guruhlardagi tuzilmalari.

Institut “Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkilotida 9 nafar Kengash azolari, 72 nafar guruh etakchilari, 9 nafar mehnat jamoasidagi etakchisi, 9 nafar talabalar turar joydagi etakchilari hamda 1619 nafar azolari faoliyat yuritadi.

 

“KAMOLOT”  YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI  9 NAFAR KENGASH A’ZOSI. KENGASH TARKIBI

1.»Kamolot” YIH BT Kengash raisi(O.Yunusov)
2.»Tashkiliy va axborot-tahlil yo‘nalishi sardori”(Sh.Fayzullayeva)
3. «Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishi sardori”(S.Rasuljonov)
4. «Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo‘nalishi sardori”(N.Karimova)
5. «Huquqiy savodxonlik yo‘nalishi sardori”(M.Matazimov)
6. «Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi sardori”(A.Pazliddinov)
7.»Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo‘nalishi sardori”(M.Nazarkulov)
8.»Matbuot yo‘nalishi sardori”(S.To’rayeva)
9. «Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi sardori”(J.Obloqulov)
bo‘limlari jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.

“KAMOLOT”  YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI FAKULTET SARDORLARI

Farmatsiya fakulteti yetakchisi(S.Komilov)

Sanoat farmatsiya fakulteti yetakchisi(S.Oripov)

Harakatning to‘liq nomi:

davlat tilida – O‘zbekiston «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati;

lotin yozuvida – O’zbekiston «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati;

rus tilida – Общественное движение молодежи «Камолот»;

ingliz tilida – The Civic Movement of Youth of Uzbekistan «Kamolot»;

Harakatning qisqartirilgan nomi:

davlat tilida – «Камолот” ЁИҲ;

lotin yozuvida – «Kamolot” YIH;

rus tilida – OДM «Камолот»;

ingliz tilida – CMY «Kamolot».

«Kamolot» YoIHI BTning 2015-2016 o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi:

 

KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI BOSHLANG’ICH TASHKILOTI WEB-SAYTI.

 

 

04.05.2016, 09:56 601