“Kafedralararo tajriba almashish”

08.01.2018, 12:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 886

Qishki ta’til vaqtida institut professor-o‘qituvchilarining faoliyati, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkillashtirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish maqsadida hamda institutning me’yoriy hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur dasturga muvofiq 2018-yil 6-yanvar kuni soat: 09-30 da faollar zalida “Kafedralararo tajriba almashish” mavzusida o‘quv uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut o‘quv bo‘limi boshlig‘i SH.Z.Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan o‘quv uslubiy seminarning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng, TOBK kafedrasi dotsenti F.S.Jalilov “Toksikologik kimyo fanida zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, Farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti M.B.Mavlyanova “Noviy pedagogicheskiy podxod v izuchenii temi  “Primenenie spektrofotometricheskogo metoda analiza  v kontrole kachestva lekarstvennix sredstv”, DTT kafedrasi dotsenti N.S.Fayzullayeva “Suvli ajratmalar texnologiyasidagi muammolar va  alternativ yondashuv”, Ekologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi B.SH.Boltayeva “Primenenie innovatsionnogo metoda obucheniya Swot analiz pri prepodavanii predmeta promishlennaya gigiena”, f.f.d. A.T.Sharipov “Institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatida farmatsevtika jurnalining o‘rni” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Ma’ruza jarayonida institut professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga soha mutaxassislari javob berishdi. Seminar juda qizg‘in va baxs-munozalarlarga boy tarzda o‘tkazildi.

     

Shuningdek, o‘quv bo‘limi boshlig‘i SH.Z.Umarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” yilida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5155-son farmoyishining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi. Suhbat jarayonida  ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Q.Ismoilov tomonidan 2017-yil 29-sentyabrda Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Mazkur o‘quv-uslubiy seminar institut o‘quv bo‘limi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda jami 203 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.