Jismoniy barkamollika yaratilgan imkoniyatlar.

29.01.2016, 12:35 Без рубрики 457

Hozirgi kunda mamlakatimiz har bir ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalarini tashkil etish kabi jihatlarga hukumat darajasida e’tibor berib kelinmoqda. Jismoniy tarbiyaning moddiy bazasini rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilgan.Institutda oxirgi yillarda 2014-15 yillarda bu borada katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, institut hududida sun’iy qoplamali futbol maydoni qurildi.2015 yil 14 yanvar kuni institut hududida “Minifutbol” sport o‘yingohining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kabi shart-sharoitlar zamirida talabalarning jismonan sog‘lom bo‘lib kamol topishida hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tarzda o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi hamkorligida  “Minifutbol” sport o‘yingohi tashkil etildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi va sport maydonchasini tashkil qilishda, O‘zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi rahbariyatiga, shuningdek, qayta ta’mirlashda faol mehnat qilgan xodimlarga va hamkor tashkilotlarga, talabalarga institut rahbariyati nomidan minnatdorchilik izhor qilindi.

Institut  va talabalar turar joyi sport zallariga yangi sport anjomlari keltirildi.Hozirgi kunda institut talaba-qizlari,ayollarni sog‘liqlarini tiklab olishlari uchun velotrenajyor va yugurish yo‘lakchasi keltirish yuzasidan shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda.