“Jinoyatchilikka qarshi kurash” haftaligi

13.06.2017, 13:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 306

     

“O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda  institut talabalari o‘rtasida huquqbuzarliklar  va jinoyatchilikni  oldini olish maqsadida 12-17 iyun kunlari davomida “Jinoyatchilikka qarshi kurash” haftaligi o‘tkazilmoqda. 2017 yil 12 iyun kuni soat 11-00da farmatsiya fakulteti 1 kurs talabalari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev  ma’ruza qildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilgan. Mamlakatimizda fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samaralarini bermoqda. Buni O‘zbekiston aholisi istiqlol davrida 10 milliondan ortiq kishiga ko‘paygan bo‘lsa-da, jinoyatchilik bugungi kunda 1992 yildagi ko‘rsatkichdan 4,6 foiz kamaygani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bunda profilaktika tadbirlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir. Shuning uchun targ‘ibot tashviqot tadbirlarini tizimli tarzda tashkil etish o‘z samarasini beradi.

Tadbirda fakultet dekani dotsent A.A.Nurmuxamedov, guruh murabbiylari ishtirok etdilar. Tadbirda “Murabbiylar” kengashi raisi M.Xodjaeva huquqbuzarliklarni oldini olish, talbalar mas’uliyati haqida ma’ruza qildi. Tadbirda shuningdek, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari F.Axmedova, F.Abdullaevalar “O‘zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish Harakatlar strategiyasi” mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza bilan ishtirok etdilar. Tadbirda 200 nafar talbalar ishtirok etdi.