“Jinoyat uchun jazo muqarrar” mavzusiga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

15.06.2017, 11:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 232

     

“O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi”ning 36, 98-bandlari va Mirobod tuman IIB bilan hamkorlik rejasining 6,7-bandlari ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida  2017-yil 14-iyun kuni soat 11-00 da faollar zalida professor-o‘qituvchilar va  sanoat farmatsiyasi fakulteti 3-kurs talabalar o‘rtasida “Jinoyat uchun jazo muqarrar” va “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi omillar” va “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Mirobod tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektorlari Nabieva Venera Munirovna, Ermatov Xusan Melisovich, tuman jinoyat qidiruv va terrorizm-ekstremizmga qarshi kurashish tezkor bo‘limi vakili Komil Ramazonovlar ishtirok etdi.

     

     

Tadbir jarayonida soha mutaxassislari tomonidan talabalar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlari, bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omillar hamda odam savdosi, giyohvandlikning oldini olish choralari xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent shahridagi P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji o‘quvchilari ishtirokida ro‘y bergan holat xususida talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Hamda talabalar o‘rtasida giyohvandlik, odam savdosining oldini olish masalalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohatlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati xususida tushuntirish ishlari olib borildi. Mazkur masala yuzasidan institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi raisi M.A.Xodjayevalar targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Hamda bu kabi noxush holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir jarayonida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan filmlar namoyish etildi. Tadbirda jami 260 nafar talablalarning ishtiroki ta’minlandi.