Jaholatga qarshi kurash

23.03.2016, 14:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 381

2016-yil 22-mart kuni institut faollar zalida teatr-studiyasi a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, talabalar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ularni ogoh etish maqsadida film namoyish etildi. Institut teatr-studiyasi a’zolari tomonidan “Jaholatga qarshi kurash” nomli spektakl namoyish etildi. Namoyish etilgan spektakl barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi. Jami 250 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

2016_91     2016_92

2016_93     2016_94