IX -Xalqaro «Ibn Sino o`qishlari» ilmiy-amaliy anjumani.

01.12.2017, 17:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 202

2017-yilning 24-25 noyabr kunlari buyuk allomamiz Abu Ali Ibn Sinoning vatani –Buxoroda “Ibn Sinoning ilmiy madaniy merosining ahamiyati va uni fan taraqqiyotidagi o`rni” mavzusidagi IX -Xalqaro «Ibn Sino o`qishlari»  ilmiy-amaliy anjumanida Toshkent farmatsevtika instituti rektori X.K. Djalilov, ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig`i N.T. Farmanova, farmakologiya klinik farmatsiya kafedrasi mudiri S.A. Saidovlar ishtirok etishdi.

Ibn Sinoning falsafa va tibbiyot bo`yicha qilgan ishlarini o`rganish va butun dunyoga tarqatishda qo`shgan hissasi uchun Toshkent farmatsevtika institutiga  buyuk vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sinoning surati aks ettirilgan statuetka va mahsus diplom   topshirildi.