Istitutda “Talabalar huquqiy madaniyatini oshirishning dolzarb vazifalari” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

15.03.2018, 21:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 439

     

     

Institutda 2018-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Talabalar huquqiy madaniyatini oshirishning dolzarb vazifalari” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning asosiy maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat va qidiruv Bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili, podpolkovnik Babayev Akmal Abdukarimovich, institut professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu boradagi ishlarni huquqiy asoslarini mustahkamlash,  o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtojlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular orasida qarovsizlik va nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bir so‘z bilan aytganda sog‘lom avlodni kamolga etkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish, ularni komil, barkamol inson qilib tarbiyalash masalalarida ma’ruza qildilar.

Shuningdek 2018-yil 14-fevral kuni “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-3528-sonli qarori bilan tanishtirib o‘tib, Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini e’tirof etildi. Mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu boradagi ishlarni huquqiy asoslarini mustahkamlash,  o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtojlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular orasida qarovsizlik va nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bir so‘z bilan aytganda sog‘lom avlodni kamolga yetkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgani haqida fikr bildirildi Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.