Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi grantlarini taqdim etadi

28.01.2017, 09:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 413

 

Karimov_fondi1

 

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI RESPUBLIKA XAYRIYA JAMOAT FONDI VEBSAYTI >>>

TABIIY FANLAR (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo)

  • SUV VA ER RESURSLARINI BOSHQARISH
  • MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYALARI
  • OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYALARI
  • OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI
  • OZIQ-OVQAT ISHLAB CHIQARISH VA MARKETINGI
  • ARXITEKTURA (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash)
  • DIZAYN (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni)
  • RASSOMLIK

mutaxassisliklari bo‘yicha Evropa va AQSH oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish maqsadida respublikamiz hamda chet el oliy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlar tanlovi boshlanganini E ‘ L O N   Q I L A D I.

Chet elda (ikki yilgacha) tahsil olish va yashash xarajatlari to‘laligicha Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Fond grantini qo‘lga kiritishni istagan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash, Vatani va xalqining iqtisodiy va ma’naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi va hayotiy maslagi deb bilish;
  • umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarash va yuksak axloq sohibi bo‘lish;
  • tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish hamda kamida bitta xorijiy tilni a’lo darajada bilish;

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI RESPUBLIKA XAYRIYA JAMOAT FONDI

O‘zbekistonni, uning maorif maktabi va ilmiy an’analarini chet elda munosib taqdim etishda, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallash qobiliyatini namoyon etish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Hujjatlar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha qabul qilinadi. Talab etiladigan hujjatlar, tanlov shartlari va muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi manzilda olish mumkin:

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 24-uy.

Ma’lumotlar uchun tel: +99895 1980122, +99871 237-34-20, +99871 237-38-13.

Telegram tarmog‘idagi kanalimiz: @fondkarimov

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI RESPUBLIKA XAYRIYA JAMOAT FONDI VEBSAYTI >>>

 

Islom Karimov Fondi

Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida asos solingan.

Islom Karimov Fondining birlamchi vazifalari mamlakatimiz hamda horijda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir. Fond tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o‘quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan turli ilmiy-ma’rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi.

Ushbu dasturlar doirasida Islom Karimov Fondi iste’dodli yoshlarga O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun grantlar taqdim etadi. O‘zbek klassik hamda zamonaviy yozuvchilar asarlarini chet tillarga tarjimasi va nashri uchun, shuningdek, mamlakatimizda ilm-fanning taraqqiyotiga hissa qo‘shish maqsadida ilmiy tadqiqot dasturlariga grantlar ajratish ham Fond tomonidan ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonning an’analari, adabiyoti hamda xalqimizing boy madaniy merosining boshqa jabhalariga tegishli adabiyotlar nashr etmoqlik Fond faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Islom Karimov Fondi o‘zbek xalqining avloddan avlodga asrlar osha o‘tib kelayotgan hunarmandchilik an’analarini asrash va qo‘llab quvvatlashni ko‘zda tutgan loyihalarni amalga oshiradi.

Fond O‘zbekiston tarixi, madaniyati va san’atiga oid film va ko‘rsatuvlar yaratishga grantlar taqdim etadi.

O‘zbek zamonaviy tasviriy san’at maktabini taraqqiy ettirish maqsadida Fond o‘zbek san’at ustalari tomonidan yaratilgan asarlar ko‘rgazmalarini O‘zbekiston va chet davlatlarida tashkil etishni o‘z vazifalaridan biri qilib belgilagan. Islom Karimov Fondi “Sen yolg‘iz emassan” jamoatchilik bolalar fondi bilan hamkorlikda ota-ona qaramog‘isiz qolgan va nogiron bolalar va yoshlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish sohasida ham faoliyat olib boradi.

 

BATAFSIL KO‘RISH UCHUN >>>