“Internet orqali radikallashuv: qanday himoyalanish mumkin?”

14.10.2017, 14:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 127

     

Institutda 2017-yil 13-oktyabr kuni “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.Tadbir institut farmatsiya fakulteti 5-kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazildi.Tadbirga institut doimiy hamkorlaridan Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi Sagdiyev Xabibullo Yodgorovich taklif etildi.

X.Y.Sagdiyev o‘z ma’ruzasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratdi. Axborot almashish va etkazish imkoniyati bugun shunday darajaga etdiki, ular inson hayotini yaxshilashga xizmat qilish bilan bir qatorda, uning tinchini buzishga ham sabab bo‘lmoqda. Internet kabi ma’lumotlar uzatish vositalari tom ma’nodagi ijobiy jihatini namoyon qilish bilan birga, xalqaro terrorchilar, jumladan, diniy-siyosiy jangarilikning o‘z g‘araz maqsadlari yo‘lida faol foydalanayotgan quroliga ham aylanib qolmoqda.

Bugun muayyan kuchlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishda kiber bo‘shliqdan foydalanishini ifodalovchi “kiberterrorizm” degan tushuncha ham paydo bo‘ldi. U mutaxassislar tomonidan terrorizmning boshqa har qanday ko‘rinishidan ham ko‘ra xavfliroq hodisa sifatida qayd etilmoqda. Xalqaro terrorizmning rivojlanishidagi navbatdagi yangi bosqich kiber urushlar shaklida bo‘lishi shubhasiz ekani ta’kidlanmoqda. Xalqaro ko‘lamdagi, chegara bilmas bunday salbiy hodisaga qarshi kurashning xalqaro tizimini shakllantirish hayotiy zaruratga aylanmoqda. Darhaqiqat, internet qo‘poruvchilikni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan nishonlar haqida ma’lumotlar manbai, ularni sodir etish uchun lozim mablag‘ni to‘plash va terrorchi tashkilotlar orasidagi ishonchli tezkor aloqa vositasi, ma’lum belgilar bo‘yicha turli-tuman odamlarni birlashtirish yo‘li, g‘arazli maqsadlarni tashviqot qilish va buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qilish quroli, psixologik terrorizmning tashabbuskori vazifasini o‘tashi mumkin va afsuski,  shunday bo‘lmoqda ham. Internet masofadan, ya’ni muayyan mamlakat hududlaridan turib boshqa o‘lkada qo‘poruvchilikni amalga oshirish imkonini bermoqda.Ana shu va boshqa masalalar haqida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.Talabalr o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar oldilar.Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.