“Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya hamda internet tarmog‘ida talabalarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etishga qaratilgan “Biz yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusidagi tanlov o‘tkaziladi

15.05.2017, 08:52 E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 90

Qo‘shma   qarorida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 fevraldagi  12-sonli majlis bayoni (№ 08/1-70, 06.02.2017 y.) bilan tasdiqlangan “2017 yilda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi”ning II yo‘nalish, 26-28-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashining 2017 yil 27 martdagi 10 qq-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 4 apreldagi 19/8-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 apreldagi 21-qq-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2017 yil 28 martdagi 01-23-sonli, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2017 yil 31 martdagi q-q 04-02-sonli, Toshkent islom universitetining, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 2017 yil 29 martdagi 03-sonli hamda Matbuot va axborot agentligining 2017 yil 29 martdagi q/q-04-sonli qo‘shma qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida

 

BUYURAMAN:

 

  1. “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya hamda internet tarmog‘ida talabalarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etishga qaratilgan “Biz yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusidagi tanlov o‘tkazilishi belgilab olinsin.
  2. Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya Konsepsiyasi 1-ilovaga hamda tanlov Nizomi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.Malikova, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjaeva va “Kamolot” YOIH BT etakchisi O‘.J.Yunusovlarga:

3.1.Institut talabalari o‘rtasida konferensiya va tanlov to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilsin.

3.2.Konferensiya materiallari to‘plansin va tahlil qilinsin.

3.3.Ma’ruzachilar guruhini shakllantirishga e’tibor qaratilsin.

  1. Ushbu buyruq ijrosining nazorati ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev zimmasiga yuklatilsin.

Asos: O‘zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashining 2017 yil 27 martdagi 10 qq-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 4 apreldagi 19/8-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 apreldagi 21-qq-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2017 yil 28 martdagi 01-23-sonli, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2017 yil 31 martdagi q-q 04-02-sonli, Toshkent islom universitetining, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 2017 yil 29 martdagi 03-sonli hamda Matbuot va axborot agentligining 2017 yil 29 martdagi q/q-04-sonli qo‘shma qarori.

Rektor                                             X.K.Djalilov