International bridge kompaniyasi bilan uchrashuv.

23.03.2018, 14:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 225

23-mart kuni institut ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Normaxamatov Nodirali Sahobataliyevich, xalqaro bo’lim boshlig’i Allambergenova Nargiza Farhodovna, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi yoshlar yetakchisi rektor maslahatchisi Yunusov O‘ktamjon Jabboraliyevich, institut professor-o’qituvchilar va talabalar International bridge kompaniyasi vakillari bilan davra suhbati o’tkazdilar.

     

     

International bridge kompaniyasi xorijda ta’lim olish bo’yicha malakali maslahatlar berib, xorijiy oliy o’quv yurtlari va talabalari o’rtasida aloqa o’rnatadi. Ushbu kompaniya Xitoy o’quv yurtlarining rasmiy vakili hisoblanadi. Kompaniya Xitoyning Pekin, Shanhay, Sian va Tyanszin shaharlarida joylashgan yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qiladi.

Davra suhabti davomida kompaniya vakillari institut hodimlari va talabalariga xorijiy OTM larda o’qishga yuborilish bo’yicha ma’lumotni berdilar.