Institutning“Farmatsiya: fan, ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusidagi XV-ilmiy-amaliy konferensiyasining plenar majlisi bo‘lib o‘tdi.

16.11.2017, 17:28 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 253

2017-yil 16-noyabr kuni soat: 15-00 da Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida “Farmatsiya: fan, ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusidagi XV-ilmiy-amaliy konferensiyasining plenar majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur plenar majlisi Toshkent farmatsevtika institutining faollar zalida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institut rektori, professor X.K.Djalilov “Toshkent farmatsevtika instituti: kecha, bugun va ertaga”, Tel-Aviv universiteti professori M.Kolot “Sovremennie dostijeniya farmatsevtiki Izrail”, Guanjou fan va texnologiya instituti assistenti Tay Yong Kim “Partial metabolic deuterium oxide labeling for measurement of lipid turnover rates”, Koreya xalqaro universiteti xodimlari Son- Kui Park “Characterization and application of csc-like cells prepared from sphere cultue of pc-3 cells” va Kixo Li “Optimization of metabolic stability and pharmacokinetic properties in support of antiangiogenic anticancer drug discovery” mavzularida ma’ruza qildilar.

     

     

 

     

     

O‘zbekistonda har tomonlama jadal sur’atlar bilan rivojlanib, jamiyatimizda tubdan demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilib borayotgan davrda Toshkent farmatsevtika instituti tabarruk 80 yilligini nishonlanmoqda. Institut o‘zining o‘tgan bir asrga yaqin  davri mobaynida minglab soha mutaxassislarini etishtirib, yuqori malakali, ilmiy darajali kadrlar tayyorlab, ko‘plab original dori vositalari yaratib o‘zining noyob tarixini kashf eta oldi.

     

     

Toshkent farmatsevtika instituti rasman sobiq Ittifoq Sog‘liqni saqlash komissarligining 1937-yil 16-iyuldagi 155-sonli buyrug‘i bilan Toshkent tibbiyot institutining alohida kafedralari asosida tashkil etilgan. Institut o‘z faoliyatini 1937-1938 o‘quv yilidan 63 nafar talabalarni  1-kursga  qabul qilish bilan boshlagan. 1941-1942 o‘quv yilida institut  professor-o‘qituvchilari shtati 38 nafar xodimlardan iborat bo‘lib, ulardan 5 nafari professorlar, 7 nafari dotsentlar, shuningdek 9 nafari fan nomzodlari bo‘lgan.

 Institutning birinchi bitiruvchilari 1941-yilda 37-nafar provizorlardan iborat bo‘lib, shulardan faqat 2 nafari o‘zbek millatiga mansub kadrlar bo‘lgan. Mazkur 37 nafar bitiruvchilardan biri SHafikova  Xorra  Ax’yarovna  tatar millatiga mansub bo‘lib,  bugungi kunda ko‘pmillatli mamlakatimizda  qarilik gashtini surmoqda.  Xorra Shafikova Toshkent farmatsevtika instituti birinchi bitiruvchilaridan biri bo‘lgan. Bu yil o‘zining 100 yoshini qarshi oladi. Mazkur plenar majlisida institutning birinchi bitiruvchisi Shafikova  Xorra  Ax’yarovna  ham tashrif buyurdi. Tadbir jarayonida institut rektori, professori X.K.Djalilov so‘zga chiqib, Xorra Shafikovani 100 yoshi bilan hamda institutning birinchi bitiruvchisi sifatida estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

   

     

Mazkur konferensiyada hamkorlik munosabatlari doirasida Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Ukraina kabi 10 dan ortiq davlatlardan mehmonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlari ishtirok etishdi.

     

Konferensiya doirasida faratsevtikaning dolzarb muammolari, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, mahalliy xom ashyo asosida samarali, bezarar dori vositalarini ishlab chiqarish kabi muammolarni hal etishda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi muhokama etildi.

Konferensiyada sohadagi mavjud imkoniyatlar, yangiliklar, hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ular salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Aytish joizki, hozirgi paytga qadar institutning 20 nafar  xodimlari  xorijiy davlatlarda malaka oshirishdi. Bu boradagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish imkonini kengaytirish ham dolzarb. Ikki kun davom etadigan tadbir doirasida chet ellik mehmonlarni Samarqand shahriga sayohaga olib borish rejalashtirilgan.

Tadbir hamkorlari:  O‘zbekiston Republikasi OO‘MTV, Sog‘liqni saqlash vazirligi,  O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Matbuot agentligi, O‘zbeknavo birlashmasi,Toshkent shahar IIBB, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi,Turkiston saroyi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi