Institutimizda obodonlashtirish ishlari.

29.02.2016, 12:27 Без рубрики 420

Obod qilgan obod bo‘lur.

Mustaqillik yillarida «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi» degan chuqur mazmunli ibora xalqimiz o‘rtasida keng ommalashib, odamlarimiz bunyodkorlik va ijodkorlik nafasi bilan yashashga odatlandi.

Bugun mamlakatimizning qay go‘shasiga, qay manziliga bormang, Vatanni yanada obod etish istagida yashayotgan yurtdoshlarimizning ezguishlariga guvoh bo‘lishingiz mumkin. O‘zbekistonimizning bugungi jamoli, ko‘rki kishini hayratga soladigan darajada o‘zgarib, go‘zallashib va obodonlashib bormoqda.G‘ayrat-shijoatli, tadbirkor va bunyodkor xalqimiz sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishmoqda.Istiqlol sharofati bilan davlatimizning asosiy e’tibori inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish, fuqarolarga munosib ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berishga qaratildi.

Institutimiz ham Vatan ichidagi kichik vatandir.Uni obodligi tom ma’nodagi mamalakat, millat farovonligidir.Ushbu ezgu ishlar yo‘lida instiuti oxirgi ikki yil davomida  ko‘rilmas darajada landshaft dizayni asosida o‘zgarib, institut barcha o‘qituvchi, xodimlari, talabalarini bahri dilini ochmoqda.Mazkur go‘zallikni institutga kelayotgan barcha mehmonlar e’tirof etishmoqda.

        2016_28     2016_27

        2016-217     2016-218

        2016-220     2016-219