Institutimizda “Huquqbuzarlikning oldini olish choralari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

07.09.2017, 18:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 72

2017-yil 06-sentyabr kuni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev talabalar o‘rtasida “Huquqbuzarlikning oldini olish choralari”, “Yoshlarning ta’lim-tarbiyasida mahalla va oilaning roli” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Suhbat jarayonida talaba-yoshlar o‘rtasida odam savdosi illatlarining mazmun-mohiyati, uning mamlakat taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatmizga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri haqidagi to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil  14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli Qarori  hamda ushbu Qaror bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dasturi”da belgilangan vazifalar yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Institut talaba-yoshlarining g‘ayriijtimoiy xatti-harakat va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilishlarini hamda ularning tungi vaqtda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida bo‘lishlarini oldini olish borasida talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda farmatsiya fakulteti 2,3-kurs va sanoat farmatsiyasi fakultet 4-kurs talabalari ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil etdi.