Institutda“Ustozlik martabasi va uning islom dinida tutgan o‘rni” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

01.03.2018, 16:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 295

2018 yil  28 fevral soat 15-30da Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e’tiqod, diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, g‘arazli kuchlarning talaba-yoshlar ongiga ta’sir etishining oldini olish maqsadida,  institut faollar zalida “Ustozlik martabasi va uning islom dinida tutgan o‘rni”, “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzularida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    

Mazkur tadbirda  Toshkent farmatsevtika instituti rektori  Alimjonov Ibroxim Inamovich, o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektorlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Musulmonlar idorasi muftiy o‘rinbosari, Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi, Musulmon olimlari oliy hay’ati a’zosi, shayx hazratlari Mansurov Abdulaziz Dadajononovich  (Abdulaziz Mansur) ishtirok etdilar.

     

     

Tadbirda qatnashgan tinglovchilar ilm, fan, ustoz-shogird va ta’im sohasiga oid islom dinidagi muqaddas kitoblar bo‘lmish Qur’on va Xadislarda keltirilgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

    

Ishtirokchilar diniy ekstrimizm va undan himoyalanishning usullari, yaqinda qori va qoriyalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Qur’on o‘qish” bo‘yicha tanlov xamda boshqa diniy-ahloqiy masalalar bo‘yicha

Ishtirokchilarga savollar berib, o‘zlarini qiziqtirgan masalar yuzasidan atroflicha  ma’lumotga ega bo‘ldilar.

     

    

Bu kabi tadbirlar talabalarning ag‘loqiy-ma’naviy qarashlarini rivojlantirib, shaxsiy fazilatlari o‘sishiga xizmat qiladi.

SHuningdek xozirgi kunda dolzarb bo‘lgan odam savdosi va diniy ekstrimizm kabi muammolardan talaba yoshlarni himoya qilishda asosiy usullaridan biri bu—ularning diniy dunyoqarashlarini kengaytirish, islomning asl insonparva va ma’rifatparvar g‘oyalarini, yurt tinchligi, xalq farovonligi  nafaqat fuqarolik balki diniy burchlari xam ekanligini  ularning ongiga singdirishdan iboratdir.