Institutda “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

04.05.2017, 09:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 241

     

Institut talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, faollar zalida 2017 yil 3 may kuni soat 12-30 da “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir boshlanishidan oldin O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali tomonidan tasvirga olingan “Tinchlik eng aziz ne’mat” va “Jinoyat va jazo” ko‘rsatuvini namoyish etildi.

    

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik I.T.Turg‘unov, Toshkent shahar Mirobod tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining sudyasi M.M.Jo‘raev, Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi Militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori, katta leytenant B.Q.Qoraqulov, fakultet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va 250 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.