Institutda “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish choralari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

10.10.2017, 16:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 301

     

2017-yil 9-oktyabr kuni soat 15-00 da faollar zalida professor-o‘qituvchilar va  farmatsiya fakulteti 3-kurs talabalar o‘rtasida kabi “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish choralari”, “Talabalarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasasining o‘rni” mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.E.Qurbonov so‘zga chiqib mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu boradagi ishlarni huquqiy asoslarini mustahkamlash,  o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtojlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular orasida qarovsizlik va nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bir so‘z bilan aytganda sog‘lom avlodni kamolga etkazish borasida ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu qatorda Prezidentimiz tomonidan haftaning payshanba kunini «Jinoyatchilikni oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan institut miqyosida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarimizning asosiy maqsadi ham talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyaichilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish, ularni komil, barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda hamiyatning har bir a’zosi davlat kelajagiga befarq bo‘lmasligi lozim.

     

Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi kapitani Mirzaxanov Dilshod Raximdjanovich so‘zga chiqib Talabalar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlari, bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omillar xususida to‘xtalib o‘tdi. Bu kabi noxush holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. Huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim o‘rin egallaydi. Tadbir jarayonida soha mutaxassislari tomonidan talabalar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlari, bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omillar hamda odam savdosi, giyohvandlikning oldini olish choralari xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda jami 220 nafar talablalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir davomida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan filmlar namoyish etildi. Film so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga mutaxassislar javob berdi.