Institutda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida profilaktika tadbiri o’tkazildi.

17.02.2018, 18:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 473

    

Institutda 2018-yil 16-fevral kuni soat: 14-00 da institut faollar zalida Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahar IIB, Mirobod tumani IIB hamda OO‘MTV hamkorligida institut talabalari o‘rtasida “Talabalarning huquqiy bilimlarini kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish” va “Narkomaniyaga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent shahar IIBB, Mirobod tumani IIB hamda OO‘MTV, Toshkent farmatsevtika instituti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanlari hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda  Toshkent shahar IIBB ekspert – kriminalistika  markazi boshlig‘i  podpolkovnik Ergashev Qosimjon Sotvaldiyevich, Toshkent shahar IIBB ekspert – kriminalistika  markaz eksperti Abdukarimov Abduvali Abdurashidovich, Mirobod tumani IIB voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik profilaktika inspektori Nabiyeva Vinera Munirovna ishtirok etdi.

     

     

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda soha mutaxassislari jinoyatchilikni oldini olish,uni huquqiy asoslari shuningdek, giyohvandlik va unga qarshi kurash borasidagi ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.