“Institutda tartib-intizomga rioya etish shartlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

05.09.2017, 18:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 160

2017-yil 04-sentyabr kuni soat: 17-00 da institut talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida “Institutda tartib-intizomga rioya etish shartlari”, “Ozodalik va saromjon sarishtalik – o‘zbek xalqiga xos fazilat”, “Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda institutda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar” kabi mavzularda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, Xotin-qizlar raisi M.Y.Saidova va talabalar turar joyi mutasaddisi B.A.Abduraxmonovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishdi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil etdi.