Institutda talablar ilmiy jamiyatining an’naviy 74- konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

16.05.2017, 15:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 509

     

Institutda  har yili may oyida an’anaviy tarzda talabalar ilmiy anjumani o‘tkazib kelinadi. Anjumanning asosiy maqsadi  iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z bilimi, aql-zakovati va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish hamda ilmiy izlanishlarda yangi yo‘nalishlarni ochishdan iborat. Navbatdagi anjuman 74 chisi bo‘lib  “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda. Anjuman 16-17 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Anjumanda 8ta sho‘ba faoliyat ko‘rsatadi. Avvalgi yillarga nisbatan og‘zaki va devoriy ma’ruzalar soni ko‘p bo‘lib 650ga yaqin ma’ruzalar muhokama qilinadi.Og‘zaki ma’ruzalar  har bir bo‘limda o‘rtacha 20-35tani tashkil etadi.

Mazkur anjumanning avvalgi yillarda bo‘lib o‘tgan anjumanlardan xususiyatli tomoni  boshqa tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ham ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etishlaridir.

     

Talabalar ilmiy anjumani tili o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib, ingliz tilidagi ma’ruzalar bilan talabalarning chiqishlari yaqin yillardan tajribaga kiritildi. Mazkur holat institutda talabalarning chet tillarni o‘rganishlariga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi.

Talabalar ilmiy anjumani 17 may kuni o‘z ishiga yakun yasaydi. Anjuman dasturida g‘olib deb topilgan talabalarni homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan rag‘batlantirish rejalashtirilgan.

Konferensiyani institut rektori professor H.K.Djalilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiya ochilish marosimida Respublika “Kamolot” YOIH kengash raisi O.Tojiev ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar haqida gapirib, konferensiya ishida talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Plenar majlisda sanoat farmatsiyasi fakulteti 1 kurs talabasi  U.Jalilova  “O‘zbekistonni 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan  ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ustuvor vazifalari” mavzuidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.