Institutda “Talabalar internet harakati” loyihasi amalga oshirildi

26.05.2016, 14:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 540

“Kamolot” YOIH Vasiylik Kengashining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 79-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent farmatsevtika instituti kichik faollar zalida 2016 yil 26 may kuni soat 11-00 da axborot texnologiyalari va internet jurnalistikasi sohasi bo‘yicha “Talabalar internet harakati” treningi o‘tkazildi. Treningda Respublika yoshlar tashabbuslari markazi treneri G.Xojaniyozova, markaz assistenti A.Ametova, institut Kamolot” YOIH BT etakchisi O‘.J.YUnusov, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani muovini Z.U.Mamatqulov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Respublika yoshlar tashabbuslari markazi treneri G.Xojaniyozova yoshlar intellektual salohiyatini oshirishga, fikrini erkin bayon etishga xizmat qiluvchi interaktiv usuldan foydalangan holda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Trening davomida milliy qadriyatlarimizga mos, milliy o‘zlikni aks ettiruvchi ijtimoiy tarmoqlarda faollikka chaqirildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

2016-344     2016-345

2016-346     2016-347