Institutda shayx Abdulaziz Mansur bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

01.04.2017, 12:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 629

2017 yil 30 mart kuni  soat 14-00da institutda O‘zbekiston Mususlmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur bilan “Ustozlar ta’limi – hayot muallimi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdidi” va “Talabalarda internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish” mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev ochib berdi.U kirish so‘zida tadbirni maqsadi haqida gapirib, ma’naviy tahdidlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Birinchi Prezidentimiz bu borada “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida katta tashvish bilan ogohlantirishi bejiz emas: «Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, induvidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”.

     

Yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar turli vositalar orqali jamiyatimizga kirib kelmoqda. Turli filmlar, kliplar,audio va videomateriallar, internet tarmog‘idagi materiallar orqali xavf solmoqda. Ommaviy madaniyatning yoshlarga va jamiyatga halokatli ta’siri juda dahshatli. Bu birinchi navbatda oila,sadoqat vafo, do‘stlik kabi an’anaviy qadriyatlarning emirilishidir. Shuningdek, milliy urf-odat, an’analarni yo‘qotish evaziga jamiyatimizga yot bo‘lgan qadriyatlarni tiqishtirishga qaratilgan harakatlardir. Bulardan himoyalanish uchun yoshlarni mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, milliy-ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng ustuvor vazifalardandir.   Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni 10 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrifi Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qilishdan boshlandi. Istiqlol yillarida milliy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizni, tarixiy obidalarimizni tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1993 yilda Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi munosabati bilan mazkur ziyoratgoh ta’mirlandi. Majmuadagi daxmalar, maqbaralar, masjidlar, ayvonlar va madrasaning tarixiy qiyofasi tiklanib, qutlug‘ qadamjoga aylantirildi.     Prezidentimiz mazkur yodgorlik majmuasini yanada obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Ularning boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun bu erda Toshkent islom universitetining maxsus  fakultetini tashkil qilish kerak, dedi davlatimiz rahbari.

     

Mamlakatimizdagi islohatlar haqida to‘xtalib o‘tib, so‘zni shayx Abdulaziz Mansurga berdi.Tadbir asosan savol –javob tarzida o‘tib barchada katta taassurot qoldirdi.Tadbirda 25 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 210 nafar talabalr ishtirok etdilar.