Institutda “Sharof Rashidov – murakkab va mashaqqatli davrning farzandi” mavzusida “Xotira soati” tashkil etildi.

08.09.2017, 18:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 67

2017-yil 07-sentyabr kuni institut sanoat farmatsiyasi fakulteti tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 27-martdagi PQ-2854-sonli qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish hamda SHarof Rashidovning hayot yo‘llari va ijod namunalari asosida “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni”, “Xalqimizning otashqalb farzandi”, “Sharof Rashidov – murakkab va mashaqqatli davrning farzandi” mavzularida “Xotira soati”  tashkil etildi. Tadbirda institut ijtimoiy fanlar kafedrasi professor X.M.Mamedov, katta o‘qituvchilar N.Salimsakova, S.Yuldosheva va “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayevalar mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi. Shuningdek, suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 27-martdagi PQ-2854-sonli qarorining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi. Tadbirda sanoat farmatsiyasi fakultet 3-kurs talabalari ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil etdi.