Institutda “Sharmu hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

23.09.2017, 14:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 223

2017-yil 22-sentyabr kuni institut faollar zalida talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarni sharmu hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, muomala, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan “madaniyat”larning talaba-qizlar orasida tarqalishiga qarshi samarali targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish maqsadida “Sharmu hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari”, “Huquqbuzarliklar va jinoyachilikni keltirib chiqaruvchi omillar” kabi mavzularda davra suhbati tashkil etildi. Mavzu yuzasidan talabalar turar joyiga mas’ul mutasaddi B.A.Abduraxmonov, psixolog S.Azlarovalar targ‘ibot ishlarini olib bordi. Tadbir so‘ngida “Ijtimoiy adaptatsion mexanizmlarni rivojlantirishga qaratilgan” videorolik namoyish etildi. Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.