Institutda “Qadriyat, e’tibor va e’zoz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

09.05.2016, 08:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 356

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Yurtimizdagi tinch va osoyishta hayot, musaffo osmon va farovon turmush tarzi xalqimizning azaliy orzusi. Ana shu osoyishta kunlarning qadriga yetish, uni mustahkamlash va bugungi dorilomon kunlar uchun qahramonlik ko‘rsatgan insonlarni eslash va ularga ehtirom ko‘rsatish har birimizning burchimizdir.

Mazkur masalalarni atroflicha yoritib berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 4793-F-son farmoni, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23-apreldagi “Umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari to‘g‘risida”gi 46-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent farmatsevtika institutida 2016-yil 6-may kuni soat 11-00da “Qadriyat, e’tibor va e’zoz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga institutda uzoq yillar davomida faoliyat yuritib hozir nafaqadagi nuroniylar taklif etilib, talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni institut rektori, professor A.N.Yunusxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berib, hozirgi tinch-osoyishta kunlarimiz sababchilari bo‘lgan ota-bobolarimizga cheksiz ta’zimda bo‘lishni, mazkur kunlar qadriga yetish haqida gapirdi.  Shuningdek hozirgi kunda institutda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy professor-o‘qituvchilardan professor S.N.Aminov, dotsent Q.Ubaydullayevlar institutning farmatsevtika sohasini rivojiga hissa qo‘shib kelgan ustozlarini eslab, ularga o‘z cheksiz hurmatlarini bildirishdi. Hozirgi kunda nafaqada keksalik gashtini surib kelayotgan professor L.T.Ikromov, dotsent Q.Yunusovalar ham so‘zga chiqib, institutni bugungi kundagi chiroyi, olib borilayotgan ilmiy-ma’naviy ishlarini haqida to‘lqinlanib gapirdilar.

2016-237     2016-238

2016-239     2016-240

Tadbir davomida institutda faoliyat olib borib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar hamda bir necha yillardan buyon mehnat qilayotgan keksa professor-o‘qituvchilarga (50 nafar) institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, «Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir»  nomli kitoblari taqdim etildi.

2016-241     2016-242

Shundan so‘ng, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulova o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdi.

2016-243     2016-246

Tadbir so‘ngida “Siz Vatan ardog‘idasiz” mavzusida bir piyola choy ustida bayram dasturxoni tashkil etilib, osh tarqatildi.

2016-244     2016-245